Startup Garage Qatarda o‘z filialini ochdi

Startup Garage Qatarda o‘z filialini ochdi va rasman QFCdan ro‘yxatdan o‘tdi. Bundan tashqari, SG Founders School dasturiga ham start berildi.
So‘nggi 2 oy davomida rezidentlik uchun 300+ arizalar ko‘rib chiqilib, rad javobi olgan loyihalarda umumiy xatolarni aniqlandi.
Shu muammolarni yechish uchun yangi SG Founders School dasturi ishga tushirilmoqda.
8 haftalik dasturda nazariy va amaliy tajriba asosida g‘oyangizni sinovdan o‘tkazish, MVP yaratish, startapingizni bozorga olib chiqish hamda investitsiya jalb qilish bo‘yicha to‘liq yo‘l xaritasi taqdim etiladi.
Dasturda qatnashgan eng muvaffaqiyatli loyihalar Startup Garage residentligiga qabul qilinadi va 10,000 AQSh dollardan boshlab investitsiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
G‘oyangizni haqiqatga aylantirishga tayyormisiz?
Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: sgfounders.school
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter