Soxta dizayner bir million so‘mga ega chiqdi

Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi 32 yoshli T.A.ning bank kartasidan bir million so‘m noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirildi. Shundan so‘ng u IIOga murojaat qildi.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi 20 yoshli N.O. sodir etganligi aniqlandi.
N.O. “Telegram” orqali T.A.ga o‘zini dizayner sifatida tanishtirib, unga dizaynerlik xizmatini ko‘rsatishni va’da qilgan. Oldindan o‘zining plastik kartasiga pul o‘tkazdirib olgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter