Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

"Sony"ga ayollarni kamsitish ayblovi qo‘yildi

Foto: "Parstoday.com"

"Sony" kompaniyasi mehnat munosabatlarida ayollarni kamsitish ayblovi bilan sudga berildi. Shikoyat jamoaviy tus olgan bo‘lib, ayollarning bir guruhi o‘z e’tirozlarini bayon qilishgan.

Masalan, kompaniyada 17 yildan beri ishlayotgan Mari Xarringtonning bildirishicha, ish joyida ayollarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishmaydi, ustunlik erkak kadrlarda yaqqol seziladi. Xotin-qizlarga keraksiz xodimdek muomala qilinadi.

Buni kompaniyada yuqori lavozimlarni egallaganlarning 70 tasi erkak, 4 taginasi ayol ekanligidan ham bilish mumkin. Rahbarlar tomonidan ayollarning oilaviy holati muhokama qilinadi, erkaklardagi bu omil esa qiziqtirmaydi.

Yaqinda gender tengligi bo‘yicha majlis o‘tkazilgan bo‘lib, uning hamma ishtirokchilari erkaklardan tarkib topganini qanday izohlash mumkin?!

Avval ham shu masalada ayblov bo‘lganida "Sony" e’tirozlarni asossiz deya rad etgandi, bu gal esa hech qanday munosabat bildirmadi.

Ayollarni kamsitish holatlari mavjudligidan boshqa kompaniyalar ham tanqid ostiga olingan. Activision Blizzard, Riot Games, Ubisoft, Blue Origin, Apple shular jumlasidandir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring