Sony uch ko‘zli kameralardan voz kechdi
Sony yuqori sifatli kameraga ega ixcham Xperia 5 V smartfonini ishlab chiqardi. Sony uchtalik kameralardan voz kechib, unutilayozgan qo‘sh kameralarni yana urfga chiqardi. Biroq, modullar sifati ancha yaxshilandi.
48 megapikselli asosiy kamera 1/1,35 dyuymli datchikga, ikkinchi 12 megapikselli kamera esa keng burchakli (1/2,5 dyuymli) datchikga ega. Old tomonda esa 12 MP (1/2,9 dyuym) kamera mavjud.
Kompaniya bu safar ham cho‘zilgan shakl omilidan voz kechmadi. Yangi Xperia 5 V tekis ekran va yon qirralari bilan o‘z muxlislarining ko‘nglini olishda davom etmoqda. Ammo smartfon avvalgilariga qaraganda bir muncha og‘irroq va qalinroq.
Shuningdek, unda barmoq izi skaneri ham mavjud. Ammo suv va changdan himoyalanish xususiyati haqida hozircha bir narsa deyish qiyin. Xperia 5 V shu oyning oxirida 999 yevrodan sotuvga chiqariladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter