Smartfonlar ham uxlaydimi?

Yaponlar ishlab chiqargan smartfon g‘ilofi ko‘rinishidan sayyohlar uxlaydigan qop-to‘shakni eslatadi. U bir necha ranglarda taqdim etilgan bo‘lib, nafaqat smartfon, balki ko‘zoynakni ham saqlasa bo‘ladi.
Aksessuar Nanga brendi tomonidan taqdim etildi. Nomi Mini Sleeping Bag Phone Case. Hajmi 9,5 x 19 sm. Ya’ni, yetarlicha katta bo‘lib, unga iPhone 14 Pro Max apparati ham sig‘adi. Tashqi ko‘rinishi jihatidan boshqa g‘iloflardan farqlanadi.
G‘ilof alpinistlar uchun ayni muddao. Chunki u ancha yumshoq bo‘lib, smartfonni zarbalardan himoyalay oladi. Shuningdek, matosi suvga chidamli. Narxi 25 dollar. Savdosi yaqinda kompaniya sayti orqali boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter