Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Smartfon uchun eng nokerak aksessuarlar qaysi?

Smartfon uchun eng nokerak aksessuarlar qaysi?

Foto: Yabloko.ua

SlashGear nashri smartfonlar uchun eng nokerak aksessuarlarni ma’lum qildi.

Birinchi o‘rinda smartfondan rasmlarni chiqarib oluvchi simsiz printer turibdi. Chunki unda rasmlar tezkor ravishda qo‘lingizda bo‘lishiga qaramay sifat jihatdan oqsaydi. Baribir u orqali yaxshi rasmga erisholmagandan keyin sotib olmagan ma’qul.

Yana bir foydasiz tanlov batareyali g‘iloflardir. Ko‘pchilik undan smartfonni quvvatlantirib olishga qiziqadi, lekin bunday g‘ilof bilan telefon og‘ir va qo‘pol bo‘lib ketishi-chi?

Telefonda olingan suratlarni sifatli qilib beruvchi linzalar ham safsatadan o‘zga narsa emas. Zamonaviy smartfonlar kamerasi shundog‘am yaxshi, qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlovga muhtoj emas.

Mazkur nashr o‘tgan yili gadjet foydalanuvchilari orasida so‘rovnoma o‘tkazganida ko‘pchilik befoyda qurilmalar qatorida aqlli kolonka va simsiz qulochinni aytgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring