Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Smartfon haddan tashqari qizib ketganda qanday himoya qilish kerak?

Smartfon haddan tashqari qizib ketganda qanday himoya qilish kerak?

Foto: The Verge

Smartfon va boshqa gadjetlarda yuqori harorat ta’sirida akkumulyatorlarning sig‘imi pasayadi va buning natijasida ularning ishlash muddati qisqaradi.

Agar qurilmangiz qizib ketgan bo‘lsa, quvvatlantirishdan oldin uni xona haroratida ushlab turishingiz kerak, biroz sovutib oling. Qurilmani muzlatgichga joylashtirish to‘g‘ri yechim emas, balki tabiiy sovutgan ma’qul. Shundan keyingina quvvatlantirish mumkin.

Issiqda simsiz zaryadlovchi qurilmalardan ham voz kechish kerak: prinsipial jihatdan ular smartfonlarni ko‘proq isitadi. Shunday qilib, agar zaryadlash amalga oshiriladigan xonadagi harorat 27 darajadan yuqori bo‘lsa, an’anaviy o‘tkazgichdan foydalangan yaxshiroqdir.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri gadjetlar uchun ham xavf tug‘diradi: yuqori harorat va qizib ketish OLED ekraniga va hatto korpusning butunligiga zarar yetkazishi mumkin. 60 daraja haroratda smartfon ekranida qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishlarga olib kelishi uchun bir necha daqiqa kifoya qiladi.

Silikon yoki terli matodan qilingan, normal havo aylanishiga va tabiiy sovutishga xalaqit bermaydigan g‘iloflarni tanlash kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring