Smartfon ekraniga tanlangan rasmga qarab inson ruhiyatini aniqlash mumkin
Amerikalik psixologlar smartfon ish stoliga fon uchun o‘rnatilgan rasm foydalanuvchining ichki olamidan xabar berishini ta’kidladilar. Masalan:
Parrandalar. Fantaziyasi boy insonlar shunday rasmlarni tanlaydilar. Ularda ijodiy qobiliyat yuqori darajada bo‘ladi. Melanxolik temperamentiga mansublar ham ko‘pincha ekran va profillarga qushlarning rasmini qo‘yishni yaxshi ko‘radilar.
Standart rasmlar. Ya’ni, galereya yoki internetdan yuklab olmagan holda telefon apparatida shablon sifatida mavjud fotolardan foydalanuvchilar ancha xotirjam, og‘ir-bosiq insonlardir. Ular realist bo‘ladilar va hamma narsani nazoratda ushlashga o‘rganib qolganlar.
Selfi. Ekranga o‘zining fotosuratini tirkovchi insonlarning ruhiy olamida muammo borligi aniq. Aslida bunday insonlar o‘zini sevish va o‘ziga nisbatan ishonchni balandlatish borasida oqsoqlikka uchrayotgan bo‘ladilar. Ana shu bo‘shliqni rasm orqali yuzaki to‘ldirishga intiladilar.
Oilaviy fotosessiya. Konservativ qarashlarga ega insonlar mazkur tanlovga yo‘l qo‘yadilar. Ular qoliplar ostida yashaydi va chegaralardan chiqib ketolmaydi. Hayotdagi mas’uliyatlari oldida o‘zini horg‘in sezayotganlar ham oilaviy rasmlardan fon sifatida foydalanadi.
Esdalik uchun tushilgan rasm. Bu asosan sayohat, shahar tashqarisida dam olish, bazm va ziyofatlardan reportajlarni ifodalaydi. Ekranga shu kabi rasmlarni o‘rnatuvchilar muloqotga ehtiyojmand, hayoti zerikarli va kamharakat hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter