Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sun’iy intellekt baxt deganda nimani tushunadi?

Sun’iy intellekt baxt deganda nimani tushunadi?

Foto: "Hi-tech.mail.ru"

Ekspertlar matnga qarab tasvirlarni taqdim etuvchi neyrotarmoq bilan hazillashishni xohlashdi. U avval uy, odam, jonivor, o‘simlik kabilarni aytilganidek namoyish etib lol qoldirgan bo‘lsa, endi insonlar sun’iy intellektni hayron qilmoqchi bo‘lishdi.

Tajribachilar neyrotarmoqdan baxtni gavdalantirishni so‘rashdi. Yerdagi xotirjamlik, tinchlik, baxtiyorlikni aks ettirib berishni buyurishdi. Sun’iy intellekt hech ikkilanmay baxtga doir tasvirlarni qalashtirib tashladi. Shu bahona u baxt deganda nimani tushunishini bilib olishdi.

20 dona rasmning aksariyati tabiat manzaralaridan iborat. Negadir taqdim etilgan rasmlarda odamlar barmoq bilan sanarli. Shunda ham yirik planda emas, ora-chora ko‘rinib qolishgan.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring