Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Simsiz quvvatlash smartfonga zararligi rostmi?

Simsiz quvvatlash smartfonga zararligi rostmi?

Foto: Ferra.ru

Mutaxassislarning ogohlantirishlaricha, simsiz quvvatlash smartfon batareyasiga zarar yetkazishi mumkin. Bunda qo‘llaniladigan texnologiyaning xavfi shundaki, isitish uchun juda ko‘p energiya sarflanadi.

Smartfon batareyasini shikastlamaslik uchun simsiz quvvatlash vositasini to‘g‘ri ishlatishingiz kerak. Bu uchun quvvatlash vaqtida va quvvatga ulanishdan oldin haroratni kuzatishingiz talab etiladi. Juda issiq yoki juda sovuq telefonni simsiz vosita orqali quvvatlantirmaslik shart.

Yuqori sifatli qurilmalardan foydalanish ham xavfni biroz kamaytirishi mumkin. Lekin shoshilinch zarurat tug‘ilmasa, an’anaviy quvvatlagichlardan foydalanavergan ma’qul.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring