Shol bo‘lgan odam neyron interfeys yordamida yana yurishni o‘rganadi

Shveysariya va Fransiya olimlari hamkorlikda umurtqa pog‘onasi jarohatidan so‘ng falaj bo‘lgan odamda neyron interfeys yordamida yurish qobiliyatini tiklashga erishdilar. Qurilma fikrlarni vosita signallariga aylantiradi.
Gollandiyalik fuqaro 12 yil avval velosiped haydab, falaj bo‘lgan edi. Bo‘yin sohasidagi umurtqa pog‘onasi shikastlanganligi sababli u oyoqlari va qisman qo‘llari harakatini boshqarish qobiliyatini butunlay yo‘qotdi.
Harakatchanlikni tiklash uchun tadqiqotchilar 2021 yil iyul oyida miya va umurtqa pog‘onasiga implant o‘rnatish bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazishdi.
Interfeysidan foydalangan holda 40 ga yaqin reabilitatsiya mashg‘ulotlaridan so‘ng bemor oyoqlarini ixtiyoriy ravishda harakatlantirish qobiliyatini tikladi.
Yangi ixtiro ommaviy ravishda qo‘llanilishidan oldin qo‘shimcha klinik sinovlarni talab qiladi. Ammo dastlabki tadqiqot natijalari ko‘ngildagidek.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter