Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherzod Shermatov FOM Group va GreenWhite Solutions asoschilari bilan nimalarni muhokama qildi?

Sherzod Shermatov FOM Group va GreenWhite Solutions asoschilari bilan nimalarni muhokama qildi?

Sherzod Shermatov va Farhod Ibragimov MENA mintaqasi mamlakatlarida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik tadbirkorlar — FOM Group asoschisi Murat Maxkamov va GreenWhite Solutions asoschisi Abduqahhor Toshmuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Suhbat davomida MENA mintaqasida biznes yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari, kompaniyalar erishgan yutuqlar va duch kelayotgan qiyinchiliklari, shuningdek, O‘zbekiston IT ekotizimini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

BAA, Irlandiya, Singapur va boshqa yetakchi mamlakatlarning erkin iqtisodiy zonalari tajribasini inobatga olgan holda ishlab chiqilayotgan “Enterprise Uzbekistan” tashabbusiga alohida e’tibor qaratildi.

GreenWhite Solutions korporativ mijozlar uchun o‘z mahsulotlarini joriy etish maqsadida Saudiya Arabistoni bozorini o‘rganmoqda.

Kompaniya mintaqani strategik muhim yo‘nalish sifatida baholaydi va mamlakat bozorida talab yuqori bo‘lgan yechimlarni yaratish ustida ishlamoqda.

Muhokamada O‘zbekiston IT kompaniyalarining MENA mintaqasidagi istiqbollari va ularning yanada o‘sish salohiyati ta’kidlab o‘tildi.

Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekistonning IT biznesni rivojlantirish va uning xalqaro bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi sa’y-harakatlarini e’tirof etib, hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring