Robotlashtirilgan protez – amputanlar uchun ayni muddao

Aalto universitetidagi tadqiqotchilar guruhi innovatsion qo‘l protezini ishlab chiqdilar. U egasiga yaxshi yordamchidir.
Avtomatlashgan tizim va foydalanuvchi o‘rtasida bog‘liqlik bo‘lib, bir-birini o‘rganishga moslashtirilgan. Robotlashtirilgan protezlar shu jihatdan ishonchli va qulay hisoblanadi.
Tadqiqot natijalari virtual muhitda sinovdan o‘tkazildi. Ular hozirgi mavjud tizimlar bilan solishtirildi. Ishlab chiqaruvchilar amputatsiya qilingan odamdan kiyim-kechak qisqichlarini siljitishni so‘rashdi. Bu kabi testlar fizik-terapevtlar tomonidan yuqori oyoq-qo‘llarning faoliyatini baholash uchun keng qo‘llaniladi.
Shunday qilib, zamonaviy protez qo‘l mushaklarini faollashtirish orqali boshqariladi. Bu esa oyoq-qo‘llarining bir qismi kesib tashlangan bemorlar uchun ayni muddao.
Lekin aloqalar terlash kabi tashqi omillarga juda sezgir va vaqt o‘tishi bilan zaiflashadi. Ushbu muammoni hal qilish uchun tadqiqot jamoasi o‘zgaruvchan sharoitlarga yaxshiroq moslasha oladigan turli xil algoritmlarni o‘rganmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter