Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Robotlar o‘zidan ko‘paymoqda

Robotlar o‘zidan ko‘paymoqda

Foto: habr.com

Tesla kompaniyasining bir juft Optimus gumanoid robotlari yangi odamsimon robotni yig‘ish jarayonida ishtirok etishdi.

Tashqi tomondan, ular Teslaning o‘z tarkibiy qismlaridan yig‘ilgan ikkinchi Optimus prototipiga o‘xshardi. Sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan taqdimotda u aravada sahnaga olib chiqilgan edi va u tomoshabinlarga qo‘l silkitgandi.

Ilon Mask odamsimon robotlar rivojlanishidagi muvaffaqiyatni “o‘rtacha tezlikda” deb baholaydi. Kompaniya haqiqiy dunyoda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan eng ilg‘or sun’iy intellektdan foydalanish – Optimus’ning asosiy ustunligi deb hisoblaydi.

Robotlar Teslaning elektr transport vositalarini boshqarish tizimlari bilan bir xil dasturiy ta’minot asosida ishlaydi. Eng asosiysi ular o‘rganish qobiliyatiga ega bo‘ladilar.

Hozirgi Optimus prototiplari maksimal 8 km/soat tezlikda harakatlana oladi va 68 kg gacha yuk ko‘tara oladi. Bir joydan ikkinchi joyga esa 20,5 kg gacha bo‘lgan yukni tashiy oladi. Shu bilan birga, robotning vazni taxminan 57 kg ni tashkil qiladi.

Tesla o‘z zavodlarida minglab Optimus’dan foydalanishni rejalashtirmoqda. Kompaniya robotlarni taxminan 20 ming dollarga sotmoqchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring