Robot tayyorlagan salatni yeb ko‘ring-a! (+video)

Angliyaning Kembrij universiteti olimlari robot-manipulyator ixtiro qilishdi. U kerakli mahsulotlarni olib, to‘g‘rab, salat tayyorlab beradi.
Avvaliga bir kishi unga nima qilishni ko‘rsatib berdi. Yoniga brokkoli, sabzi, olma, banan, apelsin qo‘ydi. Qolgan ishni robotning o‘ziga qoldirdi. Temirqo‘l stol ustidagi mahsulotlar ichidan o‘ziga keragini ajratib oldi va to‘g‘rashga tushdi.
Ixtiro mualliflarining aytishicha, hozircha fantaziyani boyitishga qiziqishmadi, shu bois robotga berilgan retsept juda oddiy. Lekin unga ko‘proq o‘rgatilsa, tuppa-tuzuk oshpazga aylanishi aniq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter