Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Robot-ilon urushda xizmat qiladi

Robot-ilon urushda xizmat qiladi

Foto: Ferra.ru

NASA mutaxassislari Exobiology Extant Life Surveyor (EELS) loyihasini taqdim etishdi. U ilonsimon robot bo‘lib, tunnel orqali amalga oshiriladigan urush uchun tayyorlangan.

Robot ilk bor Merilenddagi texnologik konferensiyada namoyish etildi. Taqdimot marosimida temir ilon muz bilan qoplangan tunnelni a’lo darajada bosib o‘tdi.

Ishlab chiqaruvchilarning va’da berishicha, ilonsimon robot nafaqat muz, balki qum, suv, toshloq yerlarda ham bemalol harakatlana oladi. Avvallari bunday joylarda standart tizimlardan foydalanish besamar ketgandi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring