Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Robot depressiyani yengishda yordam beradi

Robot depressiyani yengishda yordam beradi

Foto: Hightech.fm

Massachusets texnologiya instituti muhandislari Jibo nomli ijtimoiy robot yaratishdi. Qurilma odamning kayfiyati va hissiy holatini aniqlash uchun turli tillardagi og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan signallarni o‘qiydi va tahlil qiladi. Hozirda robot psixologik yordam ko‘rsatishga o‘rgatilmoqda.

Jibo ruhiy yordamga muhtoj odamlarga yordam berish uchun psixologiyadan foydalanishi mumkin. Bir tadqiqotda olimlar robot bemorlarning javoblariga qarab ularga munosabatini o‘zgartirganini ko‘rsatdi. U ishtirokchilarning o‘zini qanday his qilayotganini aniqlash qobiliyatini namoyish etdi.

Tadqiqotchilarning aytishicha, robot depressiya va o‘z joniga qasd qilish harakatlarining oldini olishga ham yordam beradi. Kelajakda bunday universal robotlar butun oila uchun yordamchiga aylanishi mumkin. Masalan, nafaqaxo‘rlarga dori-darmonlarni qabul qilishni eslatadi, bolalar bilan o‘ynaydi. Bundan tashqari, robot oiladagi nizolarni tahlil qilish va oldini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Hozir muhandislar suriyalik qochqin bolalarga yordam berish loyihasi ustida ishlamoqda. Maqsad - bolalarga ingliz tili va ijtimoiy-ruhiy ko‘nikmalarni o‘rgatadigan, madaniy merosi va arab tilini saqlashga yordam beradigan robotlar guruhini yaratish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring