Robot bir amallab rasm chizdi

Karnegi-Mellon universiteti olimlari FRIDA (Framework and Robotics Initiative for Developing Arts) loyihasini e’lon qildi. U sun’iy intellekt algoritmi bo‘lib, robotlashtirilgan manipulyator bilan boshqariladi.
Robot-qo‘l izohli ko‘rsatmalarga binoan rasm chizishga urinadi. Uning ishlarini professional rassomlarga taqlid, deb aytish mumkin. Lekin bu robotlarni haqiqiy rassomlarga tenglashtirib bo‘lmaydi, albatta. Chizganlarining ichida xatolar bor.
Shuningdek, robot bitta asar ustida juda uzoq vaqt ushlanib qolib, bir necha soatni sarflaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter