Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Reklamalardan qutulishingiz mumkin, faqat bu tekinga tushmaydi

Reklamalardan qutulishingiz mumkin, faqat bu tekinga tushmaydi

Foto: Advgazeta.ru

Mashhur TikTok ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarga kichik to‘lov evaziga reklamalardan xalos bo‘lish imkonini beruvchi yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda.

TikTok ilovasining so‘nggi versiyasida xizmat reklama ko‘rsatmaydigan tarif rejasini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishini ko‘rsatuvchi kod qatorlari topildi. Foydalanuvchilar shaxsiylashtirilgan reklamani o‘z ichiga olgan standart bepul reja va oyiga 4,99 dollar turadigan reklamasiz rejadan foydalanishlari mumkin.

Kompaniya vakillari haqiqatan ham AQSh tashqarisidagi ingliz tilida so‘zlashuvchi bozorlardan birida pullik rejani sinovdan o‘tkazayotganliklarini tasdiqladilar. Biroq ular kichik miqyosdagi sinovlar ushbu xususiyatning yaqinda ishga tushishini ko‘rsatishini inkor etadilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring