Realme Note 50 taqdim etildi, narxi atigi 65 dollar
Realme kompaniyasi Note turkumiga kiruvchi ilk smartfoni — Realme Note 50ni taqdim etdi.
Smartfon ekrani — IPS sinfiga mansub bo‘lib, 6,74 dyuymli, HD+ yechimli (1600 x 720 piksel), kadrlar yangilanishi — 90 Gs. Telefonning qalinligi — 7,99 mm, og‘irligi — 186 gramm.

Qurilma platformasi SoC Unisoc T612ga asoslangan, xotirasi: operativ — 4 Gb, flesh — 64 Gb.
Akkumulyatori sig‘imi — 5000 mAs, quvvatlagichi — 10 Vt.
Smartfon yon tomonida SIM-kartalar uchun ikkita slot, microSD uchun bitta slot, barmoq izi skaneri va USB-C uchun port joylashgan.
Operatsion tizim — Android 13 Go. Suv va changdan himoyalanish IP54 standartiga asoslangan.
Frontal kamerasi — 5 Mp, asosiysi — 13 Mp. Smartfon narxi — 65 dollar.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter