Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli texnologiyalar vazirligida navbatdagi iqtisodiy o‘qish tashkil etildi

Raqamli texnologiyalar vazirligida navbatdagi iqtisodiy o‘qish tashkil etildi

Raqamli texnologiyalar vazirligida navbatdagi iqtisodiy o‘qish tashkil etildi.

Unda Vazirlar Mahkamasi mas’ullari, vazirlik markaziy apparati hamda tizimdagi korxona, tashkilot va muassasalarning vakillari ishtirok etdi.

O‘qish davomida sohada investitsiya loyihalarini amalga oshirish mexanizmlari, Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishning yangi tartibi bo‘yicha malakali mutaxassislar tomonidan batafsil taqdimot qilindi.

Shuningdek, raqamli texnologiyalar sohasiga investitsiyalar va grantlarni keng jalb qilishning dolzarb masalalari, amaldagi qonunchilik doirasida yaratilgan qulayliklar, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish strategiyalari muhokama qilindi.

Taqdimot davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, sohaga investitsiyalarni yanada ko‘proq jalb qilish bo‘yicha ilg‘or tajribalar va tavsiyalar o‘rganildi.

Mazkur iqtisodiy o‘qish sohaga sarmoya kiritish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni kengaytirish, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, raqamli texnologiyalar sohasida innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, kelgusida ham bu kabi tadbirlar davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring