Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Raqamli hukumat bo‘yicha xalqaro konferensiya: 15 ta davlat bilan tajriba almashish imkoniyati  

Raqamli hukumat bo‘yicha xalqaro konferensiya: 15 ta davlat bilan tajriba almashish imkoniyati   

Foto: Digital. uz

2024-yil 29-30-may kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida BMT, Astana HAB va Janubiy Koreyaning NIA (Milliy axboro jamiyati agentligi) hamkorligida “Raqamli hukumat va raqamli transformatsiyaning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Anjumanda 15 ta davlat, jumladan: Qozog‘iston, Janubiy Koreya, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Bangladesh, Kambodja, Laos, Mo‘g‘uliston, Filippin, Shri Lanka, Vetnamdan soha ekspertlari ishtirok etishdi.

Konferensiya qatnashchilari elektron davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish barobarida raqamli hukumat sohasidagi ilg‘or tajriba va tendensiyalarni muhokama qilishdi, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik yo‘llarini belgilab olishdi.

Anjuman davlat xizmatlarini raqamlashtirish sohasida o‘zaro tajriba almashish va xalqaro aloqalarni o‘rnatish uchun muhim maydonga aylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring