Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Radiatsiyadan himoyalovchi dori sinovdan o‘tkazildi

Radiatsiyadan himoyalovchi dori sinovdan o‘tkazildi

Foto: Techcult.ru

AQShda inson tanasini radioaktiv elementlardan tozalashga mo‘ljallangan HOPO 14-1 eksperimental preparatining klinik sinovlari boshlandi. Bu qattiq gamma nurlanish manbasiga juda yaqin bo‘lganlarni yoki katta dozada nurlanishni olayotganlarni qutqarmaydi. Ammo radiatsiyaning uzoq muddatli ta’sirini minimallashtirishga yordam beradi.

Preparat Sinclair International kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Uning ta’sir qilish prinsipi radioaktiv moddalar atomlarining preparat molekulalari bilan bog‘lanishiga asoslanadi. Shundan so‘ng ular tabiiy yo‘l bilan chiqariladi.

HOPO 14-1 butun tanaga darhol ta’sir qiladi. Uni qanchalik tez-tez qabul qilish kerakligi noma’lum. Shuningdek, eksperimental dori bo‘lib, odamlar uchun xavfsiz deb tan olinmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring