Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qurilish sohasidagi jarayonlarni raqamlashtirishga ixtisoslashgan “SOFTEX” korxonasi xizmatlarini xorijiy bozorlarga olib chiqish va ularning eksport hajmini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi

Qurilish sohasidagi jarayonlarni raqamlashtirishga ixtisoslashgan “SOFTEX” korxonasi xizmatlarini xorijiy bozorlarga olib chiqish va ularning eksport hajmini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov IT Park rezidentlaridan biri — qurilish sohasidagi jarayonlarni raqamlashtirishga ixtisoslashgan “SOFTEX” xususiy korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

“SOFTEX” bugungi kunda qurilish sohasidagi jarayonlarni innovatsion IT-yechimlar orqali avtomatlashtirish va optimallashtirish bilan shug‘ullanmoqda. Ushbu korxona 100 ga yaqin mahalliy yosh dasturchini ish bilan ta’minlab, ularning sa’y-harakatlari bilan turli xil dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari, platformalar hamda startap loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Tashrif davomida korxonaning bir qator muhim loyihalari taqdim etildi, jumladan, ularning eng qiziqarli ishlanmalaridan biri — UY SOT loyihasi katta qiziqish uyg‘otdi. Mazkur loyiha qurilish sohasida shaffof va samarali savdo jarayonlarini tashkil etishga qaratilgan bo‘lib, uy-joy va ko‘chmas mulk savdosida foydalanuvchilar uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.

Vazir Sh. Shermatov UY SOT tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha bir qator takliflar berdi. Jumladan, loyiha davlat axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiya qilinishi, ya’ni qurilish va ko‘chmas mulk sohasidagi boshqa davlat tizimlari bilan bog‘lanishi orqali yanada ko‘lamli va samarali axborot maydoni yaratish kerakligini ta’kidladi. Bu esa foydalanuvchilar uchun jarayonlarni osonlashtirish va ma’lumotlarga tezkorlik bilan ega bo‘lish imkonini beradi.

Bundan tashqari, vazir tomonidan “SOFTEX” axborot tizimini xorijiy bozorlarga olib chiqish va ularning eksport hajmini oshirish masalalari ham muhokama qilindi. Bu borada korxonaga bir qator tavsiyalar berdi, xususan, loyiha sifatini xalqaro talab va standartlarga muvofiqlashtirish, xorijiy bozorlarning o‘ziga xos ehtiyojlariga moslashtirish hamda raqobatbardosh mahsulotlar yaratishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring