Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilmiy izlanishdagi ITchi qiz – bolalar najotkori!

Ilmiy izlanishdagi ITchi qiz – bolalar najotkori!

Kamolova Yulduzxon — Toshkent davlat texnika universitetida kafedra o‘qituvchisi va ilmiy izlanuvchi. Hozirda u eshitish va nutqida zaifligi bor bolalar uchun maxsus kompyuter dasturi va qurilmasini ishlab chiqish bo‘yicha dissertatsiya ustida ish olib bormoqda.

O‘qituvchilik va ilmiy faoliyatga kichik yoshdan qiziqish bildirgan Yulduzxon uchun bu sohada tamal toshi erta qo‘yilgan.

Shuningdek, u video davomida startaplar va grantlar o‘rtasidagi farqni tushuntirib berdi hamda har qanday startapning muvaffaqiyatli bo‘lishi kafolatlanmaganini ta’kidladi va o‘zining tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Qahramonimizning aytishicha, xotin-qizlarning ta’lim olishi nafaqat o‘z oilasiga, balki butun jamiyatga katta foyda keltiradi. Birgina misol, uning ilmiy loyihasiga 350 million so‘m mablag‘ ajratilgan va bu, albatta, ta’lim va texnologiya sohasidagi yangi yutuqlarga olib keladi.

"Xotin-qizlar jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Har bir ilmiy izlanish va startapning orqasida yangi imkoniyatlar va rivojlanish yo‘li yotadi," — deydi Yulduzxon.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring