Qozog‘iston Aerokosmik qo‘mitasi delegatsiyasi Toshkentga keldi

“O‘zbekkosmos” agentligida Qozog‘iston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligining Aerokosmik qo‘mitasi raisi Baubek Oralmagambetov boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda kosmik monitoring va yerni masofadan zondlash sohasida hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlariga yangi monitoring texnologiyalarini joriy etish, tajriba almashish va boshqa masalalar muhokama qilindi, Qozog‘iston vakillari tomonidan turli sohalardagi yangi loyihalar namoyish etildi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter