“Pullaringizni ko‘paytirib beraman” — firibgar treyder qo‘lga tushdi

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida yashovchi (ayol) U.G. firibgar treyderdan jabr ko‘rdi. “Trader_Otabek” nomli Telegram messenjeri foydalanuvchisi unga pul mablag‘larini ko‘paytirib berishni va’da qilib, bank kartasidan 2 mln so‘m pulni o‘zlashtirib olgan. Bu haqda jabrlanuvchi ichki ishlarga arzida ma’lum qildi.
Tezkor-qidiruv xizmatining kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyatining Olot tumanida yashovchi 20 yoshli T.M. sodir etganligi aniqlangan.
T.M. jabrlanuvchi (U.G.)ga treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va uning pullarini oz fursatlarda ko‘paytirib berishni va’da qilib, aldov yo‘li bilan unga tegishli bo‘lgan bank karta rekvizitlarini qo‘lga kiritgan va pullarini o‘zlashtirib, shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” va “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, T.M.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” va “g” bandlaridagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter