Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Protez qo‘l ham issiqlikni seza oladi

Protez qo‘l ham issiqlikni seza oladi

Foto: Hightech.fm

Lozanna federal politexnika maktabining shveysariyalik tadqiqotchilari amputatsiyalangan insonlarga issiqlik sezgilarini qaytarish imkonini beruvchi bionik texnologiyani ishlab chiqdilar.

Qurilma sensorga ega, uni amputatsiya qilingan protez barmoqlarga qo‘yish mumkin. Bunday sensor sun’iy barmoqlar bilan tegib turgan ob’yekt turiga oid termal ma’lumotni aniqlay oladi: metallning sovuqligi yoki inson tegishining issiqligi.

Agar sog‘lom qo‘lning bilagiga issiq yoki sovuq narsa qo‘ysangiz, odam ob’yektning haroratini mahalliy darajada his qiladi, ammo amputatsiyalanganlarda bunday emas.

Tadqiqotchilar texnologiyani qo‘llari kesilgan 27 nafar ko‘ngillida sinab ko‘rishdi. Natijaga ko‘ra ulardan 17 nafarida yo‘qolgan a’zoda fantom harorat hissi paydo bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring