Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“President Tech Award” tanlovining g‘oliblarini aniqlashga siz ham hissa qo‘shishingiz mumkin! (video)

Xabaringiz bor, O‘zbekiston prezidentining 2022-yil 23-avgustdagi 357-sonli qaroriga muvofiq, umumiy mukofot jamg‘armasi 1 mln AQSh dollarini tashkil etuvchi “President Tech Award”  — eng yaxshi startaplar tanlovi e’lon qilingan edi.

Joriy yilning 23-24-noyabr kunlari ushbu tanlovning yakuniy “Demo Day” bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning ilk kunida 50 ta startap jamoa o‘z loyihalarini “Plug and Play”, “Global Venture ZF Group”, “Microsoft for Startups”, “Unicorn Next”, “iDos Games”, “Yu Capital”, “USC Ex-Epic Games”, “Microsoft & Amazon”, “Nomadic Minds” va “Google” kabi yetakchi kompaniyalar mutaxassislari oldida namoyish etdilar.

Kun yakunida esa hakamlar hay’ati final bosqichiga yo‘l olgan 25 ta eng yaxshi jamoani (har bir toifa bo‘yicha 5 ta) tanlab olishdi.

“Sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar” toifasi bo‘yicha jamoalar ballari:

  • Tahrirchi — 37.50 ball;
  • Alama — 34.25 ball;
  • PointAI — 33.75 ball;
  • Tass Vision — 31.25 ball;
  • Docum.ai — 31.00 ball;
  • FitAI — 30.75 ball;
  • Smart Chatbot — 28.75 ball;
  • LexmeAI — 27.75 ball;
  • Smart Assistant — 25.50 ball;
  • Asy AI — 21.75 ball.

“Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar” toifasi bo‘yicha jamoalar ballari:

  • Coozin — 33.50 ball;
  • Uztrip — 30.75 ball;
  • Lalu — 30.00 ball;
  • Stepogram — 30.00 ball;
  • Men talaba — 28.00 ball;
  • Planet-e — 25.75 ball;
  • Tokcha — 23.00 ball;
  • Taksifon — 22.00 ball;
  • Onlayndars — 21.75 ball;
  • Dont Waste — 00.00 ball.

“Axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi texnologiyalar” toifasi bo‘yicha jamoalar ballari:

  • Shifo24 — 25.25 ball;
  • SectorSiem — 23.00 ball;
  • PSP — 22.50 ball;
  • InsiderGPT — 21.75 ball;
  • Alator — 21.25 ball;
  • Antihack — 21.00 ball;
  • Sector Staff Monitoring — 20.50 ball;
  • Private Zone — 20.00 ball;
  • iBotNet — 17.25 ball;
  • BugHunter — 00.00 ball.

“Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar” toifasi bo‘yicha jamoalar ballari:

  • Iman — 39.00 ball;
  • Sugurta Bozor — 35.75 ball;
  • Joyla — Mahalliy E’lonlar — 28.75 ball;
  • Emak — 26.75 ball;
  • Infini — 26.00 ball;
  • Bito — 24.50 ball;
  • Slotspot — 23.00 ball;
  • SchoolUp — 19.75 ball;
  • Lemix — 19.50 ball;
  • Jobo — 19.25 ball.

“Kompyuter va mobil o‘yinlar” toifasi bo‘yicha jamoalar ballari:

  • The Golden Horde: Turan — 31.75 ball;
  • Maze Adveture — 29.00 ball;
  • Sultan Guardian Jaloliddin — 26.25 ball;
  • AirPilot — 26.25 ball;
  • Try To See — be aware! — 26.00 ball;
  • The Rise of Jaloliddin — 25.50 ball;
  • SugarBoy — 25.25 ball;
  • Qomondon — 25.25 ball;
  • PureCube — 23.25 ball;
  • General Rakhimov — 23.0 ball.

Finalga chiqa olmagan jamoalar esa bugun, tadbirning ikkinchi kunida “Plug and Play” ekspertlari tomonidan o‘z startaplarini yaxshilash imkoniyatini beruvchi qimmatli maslahatlarni tinglash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Tanlovning mutlaq g‘oliblarini onlayn ovoz berish yo‘li orqali aniqlashga siz ham o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin!

Batafsil ma’lumotlar bu yerda!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring