Pochta aloqasi sohasida “Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi

“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish to‘g‘risida”gi qarori (PQ–362-son, 16.10.2024 y.) qabul qilindi.
Umumjahon pochta ittifoqi 1874-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1948-yilda BMT tarkibiga kirgan. Tashkilot jahonda pochta jo‘natmalarining “yagona hududini” ta’minlovchi qoida va standartlarni belgilaydi. Ushbu tashkilotga a’zo davlatlar soni 192 tani tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi 1994-yildan buyon Umumjahon pochta ittifoqining a’zosi bo‘lib, uning faoliyatida faol ishtirok etib, xalqaro munosabatlar rivojiga muayyan hissa qo‘shmoqda.
2018, 2021-yillarda Addis-Abeba (Efiopiya) va Abidjanda (Kot-d’Ivuar) o‘tkazilgan so‘nggi Kongresslarda tashkilot Ustavi va Umumiy reglamentiga qo‘shimchalar kiritilib, Umumjahon pochta konvensiyasi va Pochta to‘lov xizmatlari to‘g‘risidagi Bitim yangi tahrirda qabul qilingan.
Umumjahon pochta ittifoqi Ustavi hamda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonuniniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Kongress tomonidan qabul qilingan Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlariga qo‘shilishga majburdirlar.
Qarorga muvofiq:
– Umumjahon pochta ittifoqining Umumiy reglamentiga Ikkinchi qo‘shimcha bayonnoma (Addis-Abeba, 2018-yil 7-sentyabr) va Uchinchi qo‘shimcha bayonnomaga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust);
– Umumjahon pochta konvensiyasiga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust);
– Umumjahon pochta konvensiyasiga Yakuniy bayonnomaga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust);
– Pochta to‘lov xizmatlari to‘g‘risidagi Bitimga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust);
– Pochta to‘lov xizmatlari to‘g‘risidagi Bitimga Yakuniy bayonnomaga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust) qo‘shilish belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini amalga oshirish va Umumjahon pochta ittifoqining Ikkinchi navbatdan tashqari Kongressi hamda 27-Kongressida qabul qilingan Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarini yuridik kuchga ega deb hisoblanadi.
Xalqaro pochta almashinuvini tashkil etish, Umumjahon pochta ittifoqiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda pochta to‘lovlari xizmatlarini barqaror rivojlantirish imkonini beradi.
Umumjahon pochta ittifoqining xalqaro tashkilot faoliyatida samarali ishtirok etishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini a’zo davlatlarining tayinlangan pochta operatorlari bilan o‘zaro munosabatlarida, Umumjahon pochta ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlarda o‘z vakolatlari doirasida ifodalash, himoya qilish imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter