Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektromobillar bilan bog‘liq yangi Prezident Qarori

Elektromobillar bilan bog‘liq yangi Prezident Qarori

PQ-132-sonli Prezident Qaroriga ko‘ra, elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish quvvatini bosqichma-bosqich yiliga 500 ming donagacha oshirish;

— Elektromobil va gibrid avtomobillarning mahalliylashtirish darajasini 60 foizgacha yetkazish;

— Mahalliy aholi uchun 10 000 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish;

— Ishlab chiqarilgan elektromobil va gibrid avtomobillarni Qo‘shma korxona tomonidan belgilangan eksport davlatlaridan tashqari doimiy ravishda eksport qilinadigan davlatlar ro‘yxatini kengaytirish;

— Sifatli va xavfsiz elektromobil va gibrid avtomobillarni xarid qilish, ularning mahalliy iqlim sharoitlariga muvofiqligini ta’minlash hamda kafolatli servis xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilish choralarini ishlab chiqish;

— Barcha avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalarga, shu jumladan Investorga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalarni berishda teng shartlar va sharoitlarni yaratish ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring