Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pavel Durov O‘zbekistonga kelishi mumkin

Pavel Durov O‘zbekistonga kelishi mumkin
Telegram asoschisi Pavel Durov yozni Markaziy Osiyoda  o‘tkazmoqchi. Bu haqda u o‘zining rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
"Dubayda havo juda issiq. Do‘stlarim Fransiyaning janubi kabi ajoyib joylarga ketishyapti.

Fransiya fuqarosi sifatida men Fransiya eng yaxshi dam olish maskani ekanligiga qo‘shilaman.

Ammo Telegram bosh direktori sifatida men mehnat ta’tili ololmayman.

Buning o‘rniga esa men g‘ayrioddiy joylarda foydalanuvchilarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ishlashda davom etaman.

Bu yozda men odamlar Telegramdan qanday foydalanayotganligi va ularning raqamli ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida Markaziy Osiyoga borishga qaror qildim", – deydi u. 

Eslatib o‘tamiz, Telegram O‘zbekistonda asosiy messenjerlardan biri bo‘lib, 2023-yilning iyun oyi holatiga ko‘ra, internet foydalanuvchilarining qariyb 80 foizi, ya’ni,  30,6 mln nafar o‘zbekistonliklar ushbu platformadan muntazam ravishda foydalanadi.

Demak, katta ehtimol bilan Durov bu yil O‘zbekistonga ham tashrif buyurishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring