Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“O‘zbektelekom” AK IPO joylashtirish doirasida 100ga yaqin investorlar bilan uchrashdi

Bugun, 2 noyabr kuni “O‘zbektelekom” AKda 100ga yaqin investorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Toshkent” Respublika fond birjasi platformasida tashkil qilinadigan kompaniya IPOsi va “O‘zbektelekom” AK faoliyatini takomillashtirishning asosiy jihatlariga bag‘ishlangan ushbu uchrashuv doirasida potensial investorlar bilan biznes-nonushta tashkil etildi.

Avvalroq, “ICTWEEK UZBEKISTAN 2023” ko‘rgazmasida “O‘zbektelekom” AK IPO orqali joylashtiriladigan, umumiy soni 5 542 046 dona qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. IPOni muvaffaqiyatli joylashtirish uchun “O‘zbektelekom” AK O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “Portfolio Investments” investitsiya kompaniyasidan iborat anderrayterlar konsorsiumi bilan faol hamkorlik qilmoqda. Imzolash kampaniyasini joriy yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan, “O‘zbektelekom” AK IPO doirasida jami 33 milliarddan 55 milliard so‘mgacha mablag‘ jalb qilishni reja qilgan bo‘lib, ushbu investitsiya mablag‘lari kompaniya faoliyatini yanada rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

“O‘zbektelekom” AK raqamlashtirish bo‘yicha lider sifatida Jett investitsiya servisi bilan hamkorlikda birinchilardan bo‘lib MyUZTELECOM mobil ilovasi orqali kompaniya aksiyalarini onlayn xarid qilish imkoniyatini respublika bo‘ylab keng aholi qatlami uchun joriy etdi, bunda brokerlik hisob-raqamlari IPO anderrayteri “Portfolio Investments”da ochiladi. IPO orqali aksiyalarni xarid qilish uchun MyUZTELECOM ilovasida masofadan turib brokerlik hisob-raqamini ochish va IPOda onlayn ariza topshirish kifoya.

Anjuman yakunida Q&A sessiyasi tashkil etilib, investor va soha vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring