Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Top-10 IT ta’lim markazlari ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonning Top-10 IT ta’lim markazlari ma’lum bo‘ldi

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi CRM platformasi ma’lumotlariga tayanib, bituvchilari eng ko‘p ishga kirgan xususiy IT ta’lim markazlari reytingini e’lon qildi. 

Avvalroq IT ta’lim markazlari reytingi shakllantirilishi haqida xabar qilingandi.

Mazkur reyting quyidagi mezonlar asosida shakllantirildi:

  • O‘quv markazidagi mavjud kurslar soni;
  • O‘quv markazida ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni; 
  • Kurslarni muvaffaqiyatli bitirganlar soni;
  • Ishga kirgan o‘quvchilar soni;
  • IT eksportyor kompaniyalarga ishga kirgan bitiruvchilar soni.

Xo‘sh, endi reyting bilan tanishing:

🔹“Mohirdev” MChJ
🔹“Bilim tech” MChJ
🔹“Najot ta’lim markazi” MChJ
🔹“IT Hub Samarkand 1” MChJ
🔹“Sensorika” MChJ
🔹“Realsoft academy” MChJ
🔹“IT Park Karakalpakstan” MChJ
🔹“Programmers IT center” MChJ
🔹“Dasturchilar vodiysi” MChJ
🔹“IT-ACADEMY” MChJ

Ma’lumotlar real vaqt rejimida yangilanadi.

IT ta’lim rezidentlaridan reytingda yuqori o‘rinlarni qayd etish uchun CRM platformasiga ma’lumotlarni to‘liq kiritib borishlarini so‘rab qolamiz!

Farzandi kelajagini o‘ylab, ishonchli IT ta’lim markazi qidirib yurgan yaqinlaringizga yuboring!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring