O‘zbekistonda qaysi banklar mobil ilovalari eng ommabop?

Foto: Google
O‘zbekistonda qaysi banklar mobil ilovalari eng ommabopligiga qiziqdik. «Play Market» va «App store» orqali qidiruvlar natijasida quyidagi ma’lumotlar kelib chiqdi. Ma’lumotlar 2022-yilning 8-iyun sanasiga ko‘ra olindi.
1. «Apelsin» (Apelsin banki)
Apelsin bankining «Apelsin» ilovasi Play Market orqali 1 mln martadan ortiq yuklab olingan. Ilovaga 123 mingdan ziyod sharhlar yozilgan bo‘lib, o‘rtacha bahosi 4,8 ni tashkil etmoqda. App store’ga ko‘ra, o‘rtacha 4,9 bahoda qayd qilingan.
2. «Anorbank» (Anorbank)
Anorbank’ning shu nomdagi ilovasi Play Market’dan 1 mln martadan ziyod yuklanib, unga 81 mingta sharh qoldirilgan. O‘rtacha bahosi 4,6. App store’da bu nisbat 4,7.
3. «TBC UZ» (TBC bank)
Ochilganiga uncha ko‘p vaqt bo‘lmagan TBC bank’ning «TBC UZ» mobil ilovasi o‘ziga xos piar natijasida Play Market’ning o‘zida 1 mln martadan ko‘p yuklab olishlar, 35 ming sharh hamda o‘rtacha 4,2 baho olishga erishgan. App store’da 4,0 baho ko‘rsatilgan.
4. «Ipoteka Mobile» (Ipotekabank)
Ipotekabank’ning «Ipoteka Mobile» ilovasi Play Market’da 1 mlndan ortiq yuklab olinganlar safida. Unga foydalanuvchilar 13 mingta sharh yozishgan. Ilovaning o‘rtacha bahosi 3,8. iOS foydalanuvchilari ilovani 2,2 qiymatda baholagan.
5. «Agrobank Mobile» (Agrobank)
2021-yil dekabrida rebrendingini e’lon qilgan Agrobank’ning «Agrobank Mobile» mahsuloti Play Market’da million marta yuklab olingan ilovalar beshligini yakunlab bergan. Foydalanuvchilar tomonidan 12 mingta sharh yozilib, 3,7 qiymatda baholangan. App store esa, 3,3 baho ko‘rsatmoqda.
6. «InfinBANK» (InfinBANK)
Umumiy oltinchi o‘rinda, lekin yarim million martada ko‘p yuklab olishlar bo‘yicha peshqadam InfinBANK’ning o‘z nomidagi ilovasi Play Market’da 9 mingta sharh va 4,6 bahoga ega. App store uni 4,4 baholagan.
7. «Xalq Mobile» (Xalq banki)
Xalq banki’ning «Xalq Mobile» ilovasi ham Play Market orqali yarim million martadan ortiq yuklab olingan. Foydalanuvchilar izohlari soni 6 mingdan ziyod. O‘rtacha bahosi 4,3. App store’da esa, yuqori 4,7.
8. «Joyda» (O‘zsanoatqurilishbank)
2022 yil birinchi chorak yakunlari bo‘yicha eng serdaromad banklar orasida yetakchi bo‘lgan «O‘zsanoatqurilishbank» mahsuloti «Joyda» 500 ming martadan ko‘p yuklab olingan. Play Market’da foydalanuvchilar tomonidan 10 ming marta sharh qoldirilgan bo‘lsa-da, ilovaning o‘rtacha bahosi 3,9 va App store’da 3,6 ni tashkil qilmoqda. Shu bois sakkizinchi pog‘onani band etgan.
9. «Milliy» (O‘zmilliybank)
«O‘zmilliybank»ning «Milliy» mobil ilovasi ham Play Market’da 500 ming marta yuklab olishlar, 9 mingta sharh hamda o‘rtacha 3,9 bahoda qayd qilingan. App store’dagi baho qiymati 3,0.
10. «Hamkor Mobile» (Hamkorbank)
Kuchli o‘nlikni Hamkorbank’ning «Hamkor Mobile» ilovasi Play Market’da 500 ming marta yuklab olishlar, 5 mingta sharh va o‘rtacha 3,7 baho va App store’dagi bahosi – 3,1 bilan yakunlab bermoqda.
Shuningdek, 9 ta – «Aloqabank», «Davr bank», «Qishloq qurilish bank», «Turon bank», «Asakabank», «Mikrokreditbank», «Ravnaq bank», «Trastbank» va «Ipak yo‘li» banklari mobil ilovalari Play Market orqali 100 ming martadan ko‘p yuklab olingan.
Diqqat! Maqola sub’yektiv xarakterga ega. Uni tayyorlashda ochiq ma’lumotlarga tayanildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter