O‘zbekistonda IT sohasining rivojlanishiga endi AQSh ham yordam beradi
USAID matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi ma’muriyati o‘rinbosari Izabel Koulman o‘rtasida memorandum imzolandi.
Vashingtonda bo‘lib o‘tgan kelishuvga ko‘ra, endilikda AQSh agentligi “Raqamli O‘zbekiston 2030” strategiyasini amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shadi.
Ya’ni, USAID yoshlar va ayollarni IT sohasiga jalb qilish orqali O‘zbekistonda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohalarini rivojlantirishga yordam beradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter