O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida "Sun’iy intellekt va Frilansing" forumi bo‘lib o‘tdi

Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi“ davlat muassasasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda 100 ga yaqin talabalar ishtirok etishdi.
Forumda tadbir ishtirokchilariga sun’iy intellektning imkoniyatlari va uni frilansingdagi ro‘li haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Markaz xodim ekspertlari sun’iy intellektning frilanserlar uchun qay tarzda foydali bo‘lishi, ularning ishini qanday osonlashtirishi va yangi imkoniyatlarni yaratishi haqida ta’kidlab o‘tdilar.
Tadbirda muhokama qilingan asosiy mavzulardan biri sun’iy intellektning rivojlanishi bo‘ldi.
Yoshlarga sun’iy intellektni o‘z ishlariga integratsiya qilish va bu texnologiyadan samarali foydalanish bo‘yicha maslahatlar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter