Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ota-onalar bolasi "ayti"chi bo‘lishini xohlashyapti

Ota-onalar bolasi

Foto: "Lenta.ru"

"Superjob" xizmati Rossiyadagi 256 ta aholi turar joylaridan ming nafar ota-onalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Ularga "Farzandingiz kim bo‘lishini xohlaysiz?" savoli berildi.

Natijalarga ko‘ra, ota-onalarning ko‘pchiligi farzandlari axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis bo‘lishini orzu qilar ekan. Bu variant respondentlarning 26 foiziga to‘g‘ri keldi.

Ikkinchi o‘rinni harbiy soha 10 foizlik ovoz bilan egalladi. Uchinchi o‘rinda tibbiyot va farmatsevtika (9 foiz), to‘rtinchi o‘rinda qurilish (7 foiz), beshinchi o‘rinda iqtisod (4 foiz) sohalari turibdi.

Albatta, farzandlar jinsiga qarab ham ota-onalarning orzulari farqlandi. O‘g‘il bolalarning ota-onalari "ayti" sohasini jon deb tanlagan bo‘lsalar, qizlarga tibbiyot sohasini munosib ko‘rganlar ko‘p. Ammo qizining "ayti"dan ketishini xohlaydigan oilalar ham bor ekan. Bu javoblarning 11 foizini tashkil qiladi. Mazkur ko‘rsatkich boshqa istalgan sohalar ichida nisbatan ko‘p foizdir, qolganlari 5 taga ham yetmagan.

Demak, insonlar axborot texnologiyalari sohasining kelajagiga ishonch bilan qarashyapti va farzandlarini bu olamga kiritishga ikkilanishmayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring