Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlarni mutlaqo taqiqlashmoqchi

O‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlarni mutlaqo taqiqlashmoqchi

Foto: Flsenate.gov

AQShning Florida shtati senatiga 16 yoshgacha bo‘lganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni mutlaqo taqiqlash ko‘zda tutilgan qonun loyihasi kiritildi.

Taqiqlov nimalardan iborat?

  • Florida shtati hududida bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlar (ayniqsa, TikTok va Meta)da ro‘yxatdan o‘tishi man qilinadi;
  • Ijtimoiy tarmoqlarga voyaga yetmaganlarning akkauntlarini tiklash imkoniyatisiz o‘chirib yuborish majburiyati yuklatiladi (ota-onalarning ruxsati inobatga olinmaydi).

O‘rnatilgan tartib buzilganda ijtimoiy tarmoqlar da’vogarlarga $10 ming ma’naviy zarar, qolaversa, sud xarajatlari va advokatning xizmat haqini to‘lashi mumkin.

Yuqoridagi tashabbus Florida shtati gubernatori Ron DeSantisdan chiqqan. Yangi qonun shtat Vakillar palatasi (deputatlar) tomonidan 106:13 nisbatda ma’qullandi. Qonun kuchga kirishi uchun Florida Senati ovoz berishi kerak, hozircha sanasi noma’lum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring