“Orzular sotuvchisi” yoki “Qanday qilib millionlab odamlarning ma’lumotlari Twitter uchun daromad manbaiga aylangan?”

Niderlandiyaning ma’lumotlarni muhofazalovchi Stichting Data Bescherming Nederland (SDBN) notijoriy tashkiloti X Corp. (Twitter) va MoPub platformasini sudga berdi.
Ma’lumot uchun: mobil reklamalarni boshqarish va almashishga ixtisoslashgan MoPub platformasi 2022-yilga qadar X Corp.ga qarashli bo‘lgan.
Da’vogar X Corp. va MoPubni millionlab foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanganlikda ayblayapti.
Ushbu ish MoPub trekeri o‘rnatilgan taxminan 30 mingta ilovani ishlatgan 11 milliondan ortiq foydalanuvchilarga daxldor. Bu ilovalar foydalanuvchilarni ogohlantirmasdan va ularning ruxsatisiz ma’lumotlarni to‘plab, uchinchi shaxslarga uzatib kelgan.
Lo‘ndasini aytganda, X (Twitter) foydalanuvchilarning ma’lumotlarini sotishni butun boshli bozorga aylantirib olgan. SDBN press-relizida ta’kidlanishicha, 2013-yilning oktyabridan 2021-yilning dekabriga qadar davrda, hatto foydalanuvchilar hech qachon tvitlarini e’lon qilishmagan bo‘lsa ham, bepul ilovalar vositasida X va MoPub platformasi ularning shaxsiy ma’lumotlarini (jinsiy, bolalari haqida, diniy e’tiqodi va hokazolar) yig‘ishda va bo‘lishishda davom etgan. To‘plangan ma’lumotlar muntazam minglab mijozlarga sotib kelingan.
Yuqoridagi holat aslida yangilik ham emas, biroq istalgan ilovaning istalgan foydalanuvchisi deanonimizatsiya (shaxsi ochiqlanishi) va shaxsiy ma’lumotlari sizdirilishi xavfidan xoli emasligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter