Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Orbitadagi kosmik chiqindilar bois ilk bor jarima qo‘llanildi

Orbitadagi kosmik chiqindilar bois ilk bor jarima qo‘llanildi

Foto: 3dnews

AQSh Federal aloqa komissiyasi Yer orbitasini yopib qo‘ygan kosmik chiqindilar tufayli birinchi marta jarima soldi. Qarorga ko‘ra, 150 ming dollar miqdoridagi mablag‘ni amerikalik sun’iy yo‘ldosh televizion provayderi Dish Network Corp to‘laydi. Chunki u o‘tgan yili efirga uzatiladigan sun’iy yo‘ldoshning orbitadan chiqishini to‘g‘ri ta’minlay olmagan.  

Amal qilish muddati tugagan EchoStar-7 sun’iy yo‘ldoshini qayta ishlash orbitasiga joylashtirish o‘rniga, Dish uni litsenziya shartlarida talab qilinadigan darajadan past balandlikdagi orbitaga yubordi, bu esa orbital parchalanish muammolarini keltirib chiqarishi mumkin edi.

Dish Networkni jarimaga tortish bilan komissiya boshqa sun’iy yo‘ldosh yulduz turkumlari faoliyatini cheklashga tayyorligini ko‘rsatdi. "Sun’iy yo‘ldosh operatsiyalari keng tarqalgani va kosmik iqtisodiyot tezlashgani sababli, biz operatorlar o‘z majburiyatlarini bajarishlarini ta’minlashimiz kerak", dedi FCC ijro byurosi komissari Loyaan Egal.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring