Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Oq xakerlar” 1 mln dollar, elektromobil va boshqa o‘ljalarni yutib olishdi

“Oq xakerlar” 1 mln dollar, elektromobil va boshqa o‘ljalarni yutib olishdi

Foto: AutoSpies / Teslarati / Xaker

Kanadaning Vankuver shahrida CanSecWest konferensiyasi doirasida an’anaviy xakerlar musobaqasi — Pwn20wn 2023 g‘oliblari aniqlandi.

Xakerlar Ubuntu Desktop, Apple macOS, Oracle VirtualBox, VMWare Workstation, Microsoft Windows 11, Microsoft Teams, Microsoft SharePoint va Tesla elektromobilini buzishga muvaffaq bo‘lishdi.

Eng yangi va barqaror hisoblangan ilovalardan 27 tasi kiberhujumlarga dosh berolmadi.

Oq xakerlar (kompyuter tizimlari xavfsizligini tekshirishga ixtisoslashgan mutaxassislar, tarmoq tilida oq shlyapalilar ham deyiladi)ga jami 1 035 000 AQSh dollari miqdorida mukofot puli topshirildi.

Shuningdek, xakerlarga buzib kirilgan qurilmalar va Tesla elektromobili ham sovg‘a qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring