OOKLA kompaniyasining Shimoliy va Markaziy Osiyoda sotuvlar bo‘yicha direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18-fevral kuni “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasida OOKLA kompaniyasining Shimoliy va Markaziy Osiyoda sotuvlar bo‘yicha direktori Viktor Zeng bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv avvalida yurtimizda IT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xorijiy kompaniyalar uchun yaratib berilayotgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga, uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarishning kompleks avtomatlashtirilgan tizimining imkoniyatlari hamda OOKLA kompaniyasining Mobil tarmoqlar sifatini baholashning sinovlar usullari va muhandislik tahlillari, Malayziyaning milliy raqamli tarmoq rejasi natijalari hamda simli keng polosali internetni rivojlantirish bo‘yicha yangi hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
“O‘zTTBRM” DUK tomonidan telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarishning kompleks avtomatlashtirilgan tizimini doirasida Drive-Test modulining imkoniyatlari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.
Shuningdek, OOKLA kompaniyasiga Drive-Test asosida o‘lchash orqali olingan ma’lumotlardan foydalanish ancha samaraliroq bo‘lishi, ushbu ma’lumotlar eng aniq bo‘lib, iste’molchilar tomonidan o‘lchangan tezlik testlarini tahlil qilish asosida mavjud ko‘rsatkichga qo‘shilishi mumkinligi, shuningdek, bunday yondashuv real vaziyatni yanada aniqroq aks ettirishni ta’minlaydi va indeksning xolisligini oshirilishini ta’kidlandi.
OOKLA kompaniyasi vakili – janob Zeng tomonidan RootMetrics usuli va uning sinov metodologiyasi va ma’lumotlarni yig‘ish jarayoni tasvirlab berildi.
O‘zbekiston sharoitiga yaxshiroq moslashish uchun OOKLA RootMetrics texnik talablarni taqdim eta olishi foydali bo‘lishini ta’kidlandi. janob Zeng zarur so‘rov bo‘yicha kerakli hujjatlarni taqdim etishi kelishib olindi.
Shu bilan birga, uchrashuv davomida tomonlar Speedtest Global Indeks reytingida O‘zbekistonning internet tezlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash va “O‘zTTBRM” DUK bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha suhbatlashildi va bu borada “O‘zTTBRM” DUK tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda jahon tajribasi haqida fikr almashdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter