Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OnePlus Pad Go haqida ICT.xabar.uzda nima gaplar?

OnePlus Pad Go haqida ICT.xabar.uzda nima gaplar?

Foto: 4PDA

Bugun ICT.xabar.uz axborot-tahliliy portali orqali hali taqdimoti ham bo‘lib o‘tmagan OnePlus Pad Go plansheti haqida eksklyuziv ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin!

OnePlus Pad Go 11,6 dyuymli displeyga ega bo‘ladi, yangilanish tezligi 120 Gts, o‘lchamlari esa 2,4K.

Yangi qurilma MediaTek Helio G99 protsessori, 8000 mA/soat akkumulyator, Android 13 dasturi asosidagi proshivka, Dolby Atmos funksiyasi va 8 megapikselli old kamera bilan jihozlangan.

Planshet Wi-Fi (OPD2305) va LTE modem (OPD2304) versiyalarda taqdim etiladi. Yangi mahsulotning operativ xotira hajmi 8 GB, tezkor xotirasi esa 256 GB.

Planshetning taqdimot sanasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan hali e’lon qilinmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring