Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi ilk sun’iy yo‘ldoshli planshet

Dunyodagi ilk sun’iy yo‘ldoshli planshet

Foto: Hi-tech.mail.ru

Huawei kompaniyasi Xitoyda ikki tomonlama sun’iy yo‘ldosh aloqasini qo‘llab-quvvatlaydigan dunyodagi birinchi — Huawei MatePad Pro 11" 2024 planshetini taqdim etdi.

Planshet nafaqat sun’iy yo‘ldosh aloqasi, balki 11 dyuymli planshetlar orasida dunyodagi eng yupqa korpusga ega. Qurilmaning qalinligi atigi 5,9 mm va og‘irligi 449 gramm. 5G ni qo‘llab-quvvatlaydigan Huawei Kirin 9000S chipi bilan ishlaydi. 66 Vt tezkor quvvatlanishni ta’minlaydigan 8300 mA/soat akkumulyatorga ega.

Ekran: 11 dyuym, 16:10, 2560 x 1600, 274 ppi, 10 bit, 120 Gs, 600 nit, OLED;

Protsessor: Kirin 9000S

Kameralar: asosiy 13 MP, keng burchakli 8 MP, old 16 MP;

Operatsion tizimi: HarmonyOS 4.0

O‘lchamlari: 249,23 x 160,38 x 5,9 mm, 449 g.

Narxi:12+256 GB - 4299 yuan, 12+512 GB - 4799 yuan.

To‘rtta rangda taklif etiladi: yashil, ko‘k, oq, qora.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring