Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Odnoklassniki”ga joylangan rasmlar tarqab ketdi...

“Odnoklassniki”ga joylangan rasmlar tarqab ketdi...

Foto: cyber_102

Jizzax viloyati, Jizzax shahrida yashovchi 36 yoshli I.J. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirgan fotosuratlarini noma’lum shaxs yuklab olib,  internet orqali turli foto-suratlari va behayo tasvirlarini tarqatib yuborganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jizzax viloyati, Jizzax shahrida yashovchi 34 yoshli N.O. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko‘ra, N.O. “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida “XXX DIZDIMONA XXX” nomli profil ochib, I.J.ga tegishli bo‘lgan fotosuratlarni joylab, ushbu profil orqali “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida mavjud foydalanuvchilarga (yaqinlariga) uning nomidan har xil turdagi pornografik foto va videotasvirlarni tarqatganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 140-moddasi 2-qismi bilan jinoiy ishi qo‘zg‘atildi. N.O.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring