Nvidiaga raqib — SoftBank yangi kompaniya uchun 100 mlrd dollar sarflamoqchi
SoftBank Group Corp. xoldingi aksiyalari yana qimmatlashdi. Negaki, kompaniya asoschisi Masayosi Son 100 mlrd dollarlik yarimo‘tkazgichlar korxonasini tuzishni rejalashtirgan. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Yangi kompaniya sun’iy intellektlar sohasi uchun yarimo‘tkazgichlar yetkazib bermoqchi, ya’ni Nvidiaga raqobatchi o‘laroq ko‘rilmoqda.
SoftBank, shuningdek, Arm Holdings Plc (protsessorlar chiqaruvchi kompaniya) aksiyalari nazorat paketi egasi ham hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter