Noutbuk kerakmas: fin startapi kompyuter-stol chiqardi (foto)

Finlyandiyaning UNEVN startapi kompyuter-stol chiqardi. Tushunib turganingizdek, hamma lash-lushlari stolning ichida joylashadi. Stolni istalgan paytda keys kabi yig‘ib, o‘zingiz bilan olib ketishingiz mumkin. Og‘irligi — 27 kilogramm.
Narxi (butlovchi qismlarsiz) — 1 290 yevro, Ryzen 7 7800X3D, RTX 4070 Ti va 27 dyuymli monitordan iborat to‘liq jamlanmasi naq 4 050 yevroga baholangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter