Neyrotarmoq selfi-rasmingizdan necha yoshdaligingizni aytib beradi

AQShning Novos kompaniyasi odamning yoshini selfi orqali aniqlay oladigan Novoslabs neyron tarmog‘ini taqdim etdi. Algoritm bir necha yil davomida ishlab chiqilgan, shuning uchun u yuqori aniqlikka ega.
Bu uchun butun dunyo bo‘ylab odamlarning 12 milliondan ortiq fotosuratlari ishlatilgan. Natijada neyron tarmoq 6 ta omilga qarab yoshni aniqlashni o‘rgandi: teri rangi, ko‘z ostidagi qopchalar, yuzdagi mayda teshikchalar, qizarish, ajinlar.
Ishlab chiquvchilar yoshni baholashga fotosurat sifati, ya’ni yorug‘lik yoki kamera burchagi ta’sir qilishi mumkinligini aniqladilar. Selfi olish uchun quyoshli joyda va yaqindan tushirish yaxshiroqdir.
Neyrotarmoq 35 yoshgacha bo‘lgan odamlarning yoshini aniqlay olmaydi. Xizmat aniqroq natija berishi uchun siz 35 yoki undan katta bo‘lishingiz kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter