Nega Cybertruck hech qachon Yevropa bozoriga chiqa olmaydi?

Tesla kompaniyasining avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha vitse-prezidenti Lars Moravi TopGear nashriga Cybertruck hech qachon Yevropaga etib bormasligini tasdiqladi.
“Birinchidan, Amerikada pikap bozori juda katta, ammo bu yerda u boshqacha. Ikkinchisi: Yevropa qoidalari chiqadigan qismlarni 3,2 millimetrga yaxlitlashni talab qiladi. Afsuski, qalinligi 1,4 millimetr bo‘lgan zanglamaydigan po‘latdan yasalgan plastinkada 3,2 millimetrli yaxlitlashni amalga oshirishning iloji yo‘q”, — dedi u Top Gear nashriga.
insideevs boshqa sabablarni ham keltiradi. Agar Cybertruck chiqarilsa, haydovchi og‘irligi 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan transport vositalari uchun mo‘ljallangan C toifali litsenziyaga ega bo‘lishi kerak edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter